"Paxtakor" va "Navbahor" o'yinchilari jazolanishdi. Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

Tolibjon Qosimov
26 avg 2020, 16:40
O'zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sankciyalar qo'llanildi.

Coca Cola Superliga

Uchrashuv:
“Qo'qon-1912” – “Paxtakor”
Jarimaga tortildi: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor” futbolchisi )
Sabab: Uchrashuv to'xtatilgan vaqtda zaxira o'rindig'idan turib Bosh hakam tomonga plastik idishni uloqtirgani uchun.
Qaror: Jarima intizom chorasi.



Uchrashuv: “Surxon” – “Navbahor”
Jarimaga tortildi: Islombek Isoqjonov (“Navbahor” futbolchisi)
Sabab: Uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisiga tirsagi bilan yuz qismiga zarba bergani uchun.
Qaror: 2 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi.



Uchrashuv: “Surxon” – “Navbahor”
Jarimaga tortildi: Abdumalik Umirzakov (“Navbahor” rasmiysi)
Sabab: Uchrashuv davomida bosh hakam shaniga nomaqbul so'zlar ishlatgani va o'zini nomunosib tutgani uchun.
Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati

Uchrashuv:
“Metallurg” – “Stroitel-Zarafshon”
Jarimaga tortildi: Iskandar Mahmudov (“Stroitel Zarafshon” murabbiyi)
Sabab: Uchrashuv davomida bosh hakam qaroriga bir necha bor aralashgani uchun.
Qaror: Jarima intizom chorasi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz