

"Sherlar" kecha darvozasidan jami 4 ta to'p olib chiqdi va yakunda 2:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bunday holatni "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarda har doim ham ko'ravermaymiz. Bunday holat oradan 3 yil o'tib sodir bo'ldi. Poytaxt klubiga so'nggi marotaba 2021 yilgi mavsumning 21-turida "Qo'qon-1912" 4 ta gol urishni uddasidan chiqqan edi.



