"Paxtakor" sobiq futbolchisi "Nasaf"da

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2021, 13:07
"Nasaf" jamoasi kecha qishki o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasidan o'rin olgan navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Muborakning "Mashal" jamoasi bilan kechgan o'yinda "ajdarlar" kichik 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuvda "Nasaf" tarkibida yangi futbolchi Suhrob Nurulloev maydonga tushdi. 

Ma'lumot o'rnida takidlash joiz, yarim himoyachi "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bunga qadar futbolchi "Metallurg", "Qo'qon-1912", "Dinamo" jamoalarida to'p tepgan. 


Suhrob Nurulloev 8-raqamda

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia