"Paxtakor" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2020
O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi

PAXTAKOR – QIZILQUM 1:0

12 dekabr 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 13:00

Gol:  50 - Igor Sergeev 1:0

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov, Akobirxo'ja Shukurullaev

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Ahmed Tillaev

"Paxtakor":  35. Sanjar Quvvatov, 3. Hojiakbar Alijonov, 23. Sherzod A'zamov (Anzur Ismoilov, 46), 15. Egor Krimec (S), 34. Farruh Sayfiev, 20. Odiljon Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo'jaev (Abror Ismoilov, 74), 17. Dostonbek Hamdamov (Erkinov, 84), 10. Dragan Cheran, 9. Jaloliddin Masharipov, 11. Igor Sergeev(Derdiyok, 79)

Zaxira: Suyunov, Komilov, Abdullaev, Sobirjonov, Sidiqov.

"Qizilqum":  1.Ignatiy Nesterov, 4.Mirjalol Qosimov, 6. Erkin Boydullaev, 7.Oybek Qilichev, 14.Fayzullo Qambarov, 17. Salim Mustafoev, 18.Jasur Azimov (Nurmetov, 61), 21.Muhsinjon Ubaydullaev  23.Sherali Jo'raev (C), 75.Oleg Tolmasov, 88. Jamshid Xasanov(Margiev, 79 )

Zaxira: Makosin, Kasminin, Olimov, Husanov, Tomiva, Abdullajonov, Qodirov.

Ogohlantirish: Muhsinjon Ubaydullaev (22), Sherali Jo'raev (25), Igor Sergeev (27), Farruh Sayfiev (29), Jaloliddin Masharipov (43), Jasur Azimov (43), Qadamboy Nurmetov (67), Egor Krimec (76) 


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

84. O'zgarish: "Paxtakor"da Hamdamov o'rniga Erkinov tushirildi

79. O'zgarish: Qizilqumda Hasanov o'rniga Margiev, Paxtakorda Sergeev o'rniga Derdiyok tushirildi

76.Ogohlantirish. "Paxtakor"dan Krimec ogohlantirildi

74. O'zgarish:"Paxtakor"da Sobirxo'jaev o'rniga Abror Ismoilov tushirildi

67. Ogohlantirish. Qadamboy Nurmetov hakam tomonidan ogohlantirildi.

61. O'zgarish:"Qizilqum"da Azimov o'rniga Nurmetov tushirildi

60. ZARBAAA. Jarima to'pi o'yinga kiritilgach, "Paxtakor" futbolchilari  tomonidan berilgan zarbalarni raqib himoyachilari va darvoza ustuni qaytardi

Masharipovning chap qanotdan jarima maydoniga uzatgan ajoyib to'pidan keyin Igor boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi

50. GOOOOOOOL. Igor Sergeev hisobni ochdi

46. O'zgarish: Paxtakorda A'zamov o'rniga Anzur Ismoilov tushirildi

Ikkinchi bo'lim boshlandi 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha uchrashuvda hisob ochilmadi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. ZARBAAAA. Oybek Qilichevning navbatdagi zarbasi. Bu safar ham Oybek kuchli zarba yo'lladi, biroq biroz noaniq

43. Ogohlantirish: "Paxtakor"dan Masharipov, "Qizilqum"dan Azimov ogohlantirildi

39. ZARBAAAA. Tezkor hujumdan so'ng Cheran tepgan to'pni Nesterov ushlab oldi

29. Ogohlantirish. Uchrashuvda sariq kartochkalar ortib bormoqda. Bu safar Farruh Sayfiev ham ogohlantirildi

27. Ogohlantirish: Igor Sergeev qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi

25. Ogohlantirish: Sherali Jo'raev hakam tomonidan ogohlantirildi

23. UXXXXX. Cheranning 16 metrlardan tepgan to'pi darvoza yonidan o'tib ketdi

22. Ogohlantirish. Muhsin Ubaydullaev hakam tomonidan ogohlantirildi

21. ZARBAA. Oybek yana bir bor zarba yo'lladi, biroq bu safar ham zarbaga aniqlik yetishmadi

17. ZARBAAA. Qilichev uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

9. Paxtakor futbolchilari hujum tashkil etishda davom etmoqda, hozircha mehmonlar himoyachilari yaxshi harakat qilishmoqda

4. ZARBAAAA. Sayfiev qanotdan ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Cheran esa yaqin masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

3. ZARBAAAA. Masharipovning zarbasidan keyin Nesterov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi

Uchrashuv boshlandi!


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia