

"Po'latxo'ja Xoldorxonov "Navbahor"ga o'tishi to'g'risidagi gaplar faqat mish-mish. Uning "Paxtakor" bilan yana 1 yillik shartnomasi bor.
"Sherlar" rahbariyatidan bu haqda izoh so'raganimizda klub Xoldorxonov bo'yicha hech qanday taklif olmagani va uni qo'yib yubormasligi ma'lum qilindi. 19 yoshli forvard "Paxtakor"ning o'ziga kerak ekan", - deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.

Ma'lumot uchun, Po'latxo'ja 2022 yilni ijara asosida "Olimpik" safida o'tkazdi. U 22ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 4 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan.



