"Paxtakor" o'z uyiga qaytgan norasmiy o'yinda "Olimpik"dan ustun keldi

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025, 20:40
Superliga va Pro liga jamoalari FIFA kunlaridagi tanaffusdan oqilona foydalangan holda nazorat uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.

Toshkentning ikki jamoasi "Paxtakor" va "Olimpik" bugun nazorat uchrashuvida to'qnash keldi. E'tiborlisi, "sherlar" uzoq tanaffusdan so'ng "Paxtakor" stadioniga qaytdi va norasmiy o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Doston Hamdamov, Bobur Karimov, Umar Adhamzoda mualliflik qilgan bo'lsa, "Olimpik"dan Amir Bakaev va Javohir Muborakov darvozaga to'p kiritdi. "Paxtakor" murabbiylari ikkinchi bo'limda U-21 jamoasi a'zolariga imkoniyat berishdi.

Nazorat uchrashuvi. 

"Paxtakor" - "Olimpik" 3:2

Gollar: Bobur Karimov 24, Doston Hamdamov 34, Umar Ahamzoda 44 - Amir Bakaev 54, Javohir Muborakov 62 (pen.)

"Olimpik": 16. Samandarbek Jo'rabekov, 2. Bobur Abdujabborov, 3. Doniyor Erkinov, 5. Abubakir Rejabboev, 6. Jafar Bahodirov, 9. Javohir Muborakov, 17. Muhammadyusuf Fayzullaev, 19. Yashnarbek Asadullaev, 70. Abdurahmon Daminov, 76. Shahzod Imamov, 77. Amirbek Bakaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: 16. Jahongir Bo'riev, 76. Zikrilloh Xotamjonov, 7. Abdulboriy Marufjonov, 8. Amirxon Valiev, 10. Timur To'legenov, 21. Ilya Yelichich, 18. Kamronbek Yigitaliev, 22. Ruslan Mongold, 99. Behro'z Akramov.

"Paxtakor": Jonatan Luis, Umar Ahamzoda, Doston Hamdamov, Ibrohim Ibragimov, Brayan Riaskos, Flamarion, Dilshod Saitov, Diyor Marifaliev, Bobur Karimov, Bobir Abdixoliqov, Sardor Sobirxo'jaev.

"Paxtakor" murabbiylari ikkinchi bo'limda U-21 jamoasi a'zolariga imkoniyat berishdi.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia