Superliga. "Paxtakor" "Metallurg" ustidan irodali g'alabaga erishdi, Cherandan dubl

Narzulla Saydullayev
1 may 2019
Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindagi hisob 12-daqiqada ochildi. Stanislav Andreevning autdan tashlab bergan to'pini Islombek Isoqjonov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

Keyingi daqiqaning o'zida mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Masharipov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va darvoza qarshisida turgan sherigiga to'pni uzatdi, Dragan Cheran osongina gol urdi - 1:1.

36-daqiqada bosh hakam "Metallurg" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda Shukurullaev Lobanov Masharipovni yiqitgan deb topdi. "Nuqta"dan Cheran gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi - 2:1.

Birinchi taymning qolgan daqiqalarida ham, ikkinchi taymda ham muxlislar boshqa gol ko'rishmadi va "Paxtakor" o'z maydonida irodali g'alabaga erishdi.


"Paxtakor" - "Metallurg" 2:1
1 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Akobir Shukurullaev, Alisher Usmanov, Ramil Shayaxmitov, Doston Raxmonov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
Kommissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Islombek Isoqjonov 12, - 0:1 (Stanislav Andreev). Dragan Cheran 13, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov). Dragan Cheran 37 penalti, - 2:1.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo'jaev, 63), Dragan Cheran, Igor Sergeev (Sobit Sindarov, 86), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 72), Sherzod A'zamov, Marko Simich, Javohir Sidiqov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Alisher Salimov, Egor Krimec, Shohruh Mahmudxojiev, Marat Bikmaev, Farruh Sayfiev.

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev, 46), Islom Isoqjonov (Sergey Tumasyan, 80), Bahrom Abdurahimov, Shavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov (Suhrob Nurulloev, 56), Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.
Zaxira: Zafar Safoev, Mahmudjon Qudratillaev, Zohid Abdullaev, Muzaffar Muzaffarov, Shahzodbek G'ofurbekov, Odilbek Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Ibrohim Yo'ldoshev 27, Aleksandr Lobanov 36, Muhammad Isaev 66.




MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



90. O'yin tugadi. "Paxtakor" irodali g'alabaga erishdi

86. O'zgarish. "Paxtakor". Igor Sergeev o'rniga Sobit Sindarov tushdi

80. O'zgarish. "Metallurg". Islombek Isoqjonov o'rniga Sergey Tumasyan tushdi

73. ZARBA! Sergeevning chalqanchasiga bergan zarbasi salgina noaniq chiqdi

72. O'zgarish. "Paxtakor". Odiljon Hamrobekov o'rniga Vladimir Kozak tushdi

66. Ogohlantirish. "Metallurg". Muhammad Isaev

63. O'zgarish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi

57. Xavfli vaziyat. "Metallurg" jarima to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Abbos Otaxonov noaniq tarzda yo'lladi

56. O'zgarish. "Metallurg". Doniyor Usmonov o'rniga Suhrob Nurulloev tushdi

46. O'zgarish. "Metallurg". Ibrohim Yo'ldoshev o'rniga Muhammad Isaev tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 2:1, "Paxtakor" oldinda

43. Zarba! Burchakdan oshirilgan to'pni Dragan Cheran boshi bilan darvozaga yo'lladi, Lobanov to'pni ushlab oldi

39. Zarba! Dostonbek Hamdamovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan Cheran penaltidan gol urdi - 2:1.



36. Ogohlantirish. "Metallurg". Aleksandr Lobanov

36. PENALTI! "Metallurg" darvozasi tomon. Aleksandr Lobanov Masharipovni yiqitgani uchun bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi.

27. Ogohlantirish. "Metallurg". Ibrohim Yo'ldoshev

25. "Metallurg"da jarima to'pi. Ibrohim Yo'ldoshevning zarbasi anchagina noaniq ketdi

17. Xavfli vaziyat. Igor Sergeev birga bir vaziyatga chiqib borib darvozaga zarba berdi, Lobanov o'z o'rnida

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan Cheran! Masharipov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va darvoza qarshisida turgan sherigiga to'pni uzatdi, Dragan osongina hisobni tenglashtirdi - 1:1. 



12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AJOYIB GOL! Islombek Isoqjonov ajoyib gol urdi 0:1. Andreevning autdan tashlab bergan to'pini Isoqjonov jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg'ol qildi. 



6. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" chap qanotdan hujum tashkil qildi, havodan oshirib berilgan to'pni Cheran boshi bilan darvozaga yo'lladi, zarbaga birozgina aniqlik yetishmadi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 



YANGILASH


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia