"Paxtakor" klubi yangi stadion uchun tanlov e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
22 dek 2017, 17:33
“Paxtakor” futbol klubi yangi stadion qurilishi loyihasi borasida xalqaro tanlov e'lon qiladi.

Bu haqda "sherlar" rasmiy saytida e'lon qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytda “Paxtakor” FK rahbariyati yangi stadion barpo etish ustida ishlamoqda. Shu sababli klub yangi stadion qurilishi loyihasi ustida xalqaro tanlov e'lon qilishini ma'lum etadi. Toshkentliklar tajribaga ega bo'lgan kompaniyalardan klubdan texnik vazifa olish uchun arizani 2017 yilning 31 dekabrigacha klub rasmiy pochtasiga yuborishni so'ragan. Tanlovda qatnashmoqchi bo'lganlar ushbu manzillarga murojaat qilishlari mumkin: info@pakhtakor.uz yoki +99871 2410627.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia