"Paxtakor" FK: Masharipov "Lokomotiv"ga ijaraga berildi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2017, 11:11
Yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov faoliyatini "Lokomotiv"da davom ettiradi.

"Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanalgan Jaloliddin Masharipov "Lokomotiv"ga 6 oyga ijaraga berildi. Hozirgacha u jamoamiz uchun oliy ligada 64 uchrashuvda ishtirok etib, 10 gol muallifiga aylangandi. Shuningdek, "Paxtakor" uchun ichki kuboklarda 16 bahsda 1 to'p kiritgan bo'lsa, Chempionlar ligasida 12 bahsda 1 gol muallifi bo'lgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz