"Paxtakor" Drogbaning vatandoshiga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2017, 12:27
Toshkentning "Paxtakor" klubi davralar oralig'ida o'z safiga afrikalik hujumchini qo'shib olmoqchi.

Belarus chempionatining "Sluck" klubi safida o'ynayotgan Senin Sebai yaqin vaqt ichida O'zbekistonga ko'chib o'tishi mumkin. Kot-DIvuar mamlakatida tug'ilgan Sebai hujumchi hisoblanadi. Hujumchi bu mavsum 11ta o'yinda 4ta gol urib 5ta golli pas berdi. Ta'kidlab o'tamiz, hozirda u Belarus chempionatida gol+pas tizimida birinchi o'rinda bormoqda.

Ayni paytda oliy ligada ikki nafar afrikalik futbolchi o'ynamoqda. "Lokomotiv" safida Muhammad Kone va Nore Krizo faoliyat olib borishmoqda.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia