"Paxtakor" Cheran bilan shartnomani 2022 yil oxirigacha uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
9 avg 2021, 16:15
Serbiyalik legioner "Paxtakor" safida kelasi yil ham qoladi.

"Paxtakor" safida o'zining to'purarlik va yetakchilik qobiliyatini namoyish etib, hozirgacha jami 73 gol muallifi bo'lgan Dragan Cheran jamoa bilan shartnomasi uzaytirdi. Endilikda u 2022 yil oxiriga qadar "Sherlar" safida o'ynashda davom etadi. Jamoa bilan hozirgacha ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan Dragan bundan keyin ham gollari va foydali harakatlari bilan yangi sovrinlarga ega chiqishda davom etishiga umid qilamiz. "Paxtakor" bilan olg'a qadam tashlashda davom et, Dragan!", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz