"Paxtakor": "Bunyodkor" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
14 may 2017, 21:43
"Paxtakor" oliy liganing 11-turida "Bunyodkor"ga qarshi o'tadigan bellashuvga hozirlik ko'rishni boshlab yubordi.

Kecha va bugungi mashqlar "Paxtakor" stadionida o'tkazildi. Shanba kuni o'tgan tiklanish mashg'ulotidan so'ng Toshkent derbisiga tayyorgarlik start oldi. Tarkibimizda diskvalifikaciya sababli o'ynamaydigan futbolchilar yo'q. Yaxshiboev individual mashqlarga kirishgan bo'lsa, Boltaboev va Sohibov tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Navbatdagi kunlar davomida mashg'ulotlar Qibraydagi bazada olib boriladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz