"Paxtakor" - 14 karra O'zbekiston chempioni!

Narzulla Saydullayev
16 okt 2021
Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z tarixida 14-marta mamlakat chempioni bo'ldi.

Superliganing 22-turida "Paxtakor" o'z maydonida "Qizilqum"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Biroz avval Jizzaxda "So'g'diyona" "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynadi - 1:1. Shunday qilib, Jizzax klubi keyingi turlarda maksimal ochko to'plasa ham "Paxtakor"ga eta olmaydi.

"Nasaf"da "Paxtakor"ga yetib olish imkoniyati bor, biroq o'zaro o'yinlarda ustunlik "sherlar" tomonida.

Shu tariqa "Paxtakor" ketma-ket uchinchi marta, umumiy 14-marta O'zbekiston chempioniga aylandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia