Paulu Bentu: "Yarim tarkib jarohat olgan"

Narzulla Saydullayev
11 okt 2013, 12:42
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu muammolarga qaramay saralashdan muvaffaqiyatli o'tishiga umid qilmoqda.
– Muhim o'yin oldidan yarim tarkib jarohat olgan yoki diskvalifikaciya qilingan bo'lsa murabbiyga oson emas. Ammo yo'qotishlarga qaramay biz g'alaba qozonishimiz shart. Muammolarimiz bor, ularni hal qilishga urinayapmiz. Portugaliya terma jamoasi g'alaba qozonib Jahon chempionatiga bormoqchi, - deydi Bentu A bola nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net