Patrik Vieyra “Lion”ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin

16 apr 2019, 09:45
“Lion” yangi mavsum oldidan yangi bosh murabbiyga ega bo'ladi.

Mavsum yakunida “Lion”ning amaldagi bosh murabbiyi Bruno Jenezio jamoa tark etadi. Uning o'rniga ayni damda “Nicca”ni boshqarayotgan 42 yoshli Patrik Vieyra nomzodi ko'rib chiqilmoqda. Vieyradan tashqari Kristof Galte (“Lill”) va Marselo Galyardo (“River Pleyt”) nomzodlari ham keltirilgan.

Ma'lumot uchun, “Lion” ayni damda Fransiya chempionatida 32 ta turdan so'ng 56 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le Parisien