Patrik Vieyra: "Angliyada futbolchilarni tayyorlash tizimini o'zgartirish kerak"

Tolibjon Qosimov
26 sen 2013, 15:12
"Arsenal" va Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, ayni paytda "Manchester Siti" yoshlar jamoasida ishlayotgan Patrik Vieyra o'z fikrlarini bildirdi.
– Menimcha futbol o'zgardi, – deydi francuz itv.com nashriga. – Agar futbol o'zgarsa, u holda futbolchilarni tayyorlash tizimi ham o'zgarishi kerak. Angliyada bu jarayon o'zgarmadi. Ligada ko'p xorijlik futbolchilar borligi uchun ingliz futbolchilari terma jamoada yaxshi o'ynay olishmayotgani haqida gaplar tarqaldi. Ammo bu shunchaki bahona. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru