

UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra, chexiyalik hujumchi Patrik Shikning Shotlandiya terma jamoasiga urgan goli Evro-2020'da urilgan eng chiroyli gol deb topildi. Eslatib o'tamiz, Shik 45 metrdan ko'proq masofadan darvozani ishg'ol qilgan va bu gol Yevropa chempionatlari tarixidagi eng uzoq masofadan urilgan gol bo'ldi.



