Pato Xitoy klubiga o'tdi

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017
"Vilyarreal" hujumchisi Aleshandre Pato jamoani tark etdi.

Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatidagi 6 oylik faoliyatidan so'ng Xitoy klubiga o'tdi. Pato faoliyatini "Tyanczin Cyuanczyan"da davom ettiradi.

27 yoshli forvard Xitoy klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. "Vilyarreal" Pato transferidan 18 mln. evro ishlab oldi.

"Sariq submarina" Patoning o'rniga eronlikni xarid qilishi mumkin.

"Vilyarreal" Eron terma jamoasi futbolchisini xarid qilmoqchi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: GloboEsporte