"Barselona" Bastonini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Inter" narxni e'lon qildi

Alisher Ostonov
3 mar 2026, 23:01
"Barselona" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastonini diqqat bilan kuzatmoqda.

Qayd etilishicha, Italiya grandi futbolchiga yuqori narx belgilagan. Milanliklar Bastoni uchun kamida 78 mln funt ishlab olmoqchi. Shuningdek, himoyachiga "Arsenal" va "Liverpul” da'vogarlik qilmoqda.

Alessandro Bastoni joriy mavsum "Inter" safida 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Ularda futbolchi "gol plyus pas" tizimi bo'yicha "2+6" aktivga ega.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Caught Offside