Pastore "Zenit"ga o'tishi mumkin

Alisher
25 avg 2020
"Zenit" yana yarim himoyachi Xaver Pastorega qiziqmoqda.

31 yoshli o'yinchining "Roma" tomonidan transferga qo'yilgani haqida xabarlar bor va u "Zenit"ga o'tishi mumkin.

Argentinalik futbolchi Italiya poytaxtida doimiy darajasini namoyish eta olmadi va uning bitim yakuniga qadar (2023 yilning yozi) Rimda qolishi so'roq ostida.

Xaver Pastore o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 8 million evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: Il Messaggero