"Barselona" prezidentligiga nomzod "Bavariya" rahbariyati bilan Keyn transferi bo'yicha bog'landi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026, 15:07
"Barselona"da bo'lajak prezidentlik saylovidagi nomzodlardan biri Xaver Vilaxoana saylovda g'alaba qozonsa, Harri Keyn bilan shartnoma imzolash ehtimoli bo'yicha "Bavariya" rahbariyati bilan aloqaga chiqqanini ma'lum qildi.

"Bizga o'yinchilarni kombinaciya qildirib tura oladigan, shu bilan birga, jarima maydonida samara keltiradigan hujumchi yetishmayapti. U jamoadoshlari bilan o'zaro o'ynay oladi va hujum markazida hujumlarni yakunlay oladi.

Uning harakatchanligi va himoyadagi mehnatkashligi jamoaga juda katta foyda keltirardi. Unga "Barselona" yoqadi. Biz shunchaki bu variantni muhokama qilishimiz lozim", – dedi Vilaxoana.

Keynning "Bavariya" bilan kelishuvi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq tovon puli taxminan 60 mln evrogacha pasaygani haqida xabarlar chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana