Pashinin: "Cherevchenkoning kyetishiga qaramay, ish davom etmoqda"

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016
Moskvaning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Oleg Pashininning so'zlariga ko'ra, jamoa Cherevchenkoning kyetishiga qaramay, odatiy rejimda ishlashda davom etmoqda.

"Jamoa chorshanba kuni Igor Gennadevich Cherevchenko bilan yaxshi suhbat qurdi, biz bir-birimizga omad tiladik va "Terek"ka qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladik. Ha, murabbiylar shtabida bazi o'zgarishlar ro'y berdi, ammo ish odatiy rejimda davom etyapti. Qiyinchiliklarga qaramay, murabbiy va futbolchilar o'zini yaxshi tomondan ko'rsatishi kerak. Ijobiy natijalarga erishishimiz uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni bajarishimiz lozim. Hozir muxlislarga ko'p narsa bog'liq, ularning qo'llab-quvvatlashiga umid qilamiz" - deydi Pashinin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com