

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2024 yil U-23 Osiyo kubogi mezbonini e'lon qildi. Unga ko'ra, Qatar 2024 yilda o'tkaziladigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.
Ushbu musobaqa Parij Olimpiadasiga yo'llanma berishi bilan ahamiyatlidir.
Eslatib o'tamiz, mezbonlikka da'vogarlar orasida Eron, Saudiya, BAA va O'zbekiston ham bor edi.



