Paredes yozda "Yuventus"ga o'tmoqchi

6 fev 2020, 22:57
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes Parij klubini tark etishga yaqin.

25 yoshli argentinalik futbolchi yozda "Yuventus" safiga qo'shilishi mumkin. "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, Paredesning o'zi Italiyaga qaytish istagini bildirgan.

Avvalroq Italiya OAVlari "keksa sinora" Paredes uchun 25 million evrodan voz kechishga tayyorligi haqida yozgandi.

Joriy mavsum Fransiya chempionatining 14 uchrashuvida maydonga tushgan argentinalik xavbek 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport