Paolo Maldini: “Jaxonning eng yaxshi ximoyachisi bo'lish uchun Ramosda barcha xislatlar mavjud”

Narzulla Saydullayev
11 sen 2013, 20:38
Italiyaning “Milan” klubining sobiq himoyachisi Paolo Maldini Ispaniya termasi va Madridning “Real” jamoasi himoyachisi shaniga maqtovli so'zlar aytib o'tdi. Faxriy futbolchining so'zlariga qaraganda Ramos bugungi kunda jaxonning eng kuchli himoyachilaridan, lekin uning o'yinini mukammal deb bo'lmaydi.

“Serxio Ramosda jaxonning eng yaxshi himoyachisi bo'lish uchun barcha xislatlar mavjud, agar u xozirning o'zida eng yaxshisi bo'lmasa. Uning eng kuchliligi to'g'risida xech qanday savol bo'lmasligi uchun, u o'zining bir nechta xislatlarini yaxshilashi zarur. U yanada shijoatli va o'z navbatida aqlli futbol o'ynashi kerak. Chunki faqatgina jismoniy va texnik tomondan tayyor bo'lishning o'zi kamlik qiladi” – deya, Maldini so'zlaridan iqtibos keltiradi "Le10Sport". 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net