Paolo Di Kanio: "Sanderlend"ning maqsadi markaziy yarim himoyachi"

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 21:33
"Sanderlend" bosh murabbiyi Paolo Di Kanio klub ushbu yozda markaziy yarim himoyachini sotib olmoqchi ekanini aytdi.
Mana shu yozda klub 9ta yangi futbolchini sotib oldi.

– Agar biz kimnidir sotib olsak ham, bu markaziy yarim himoyachi bo'ladi, – deydi Di Kanio Sunderland Echo nashriga. – Keyingi o'rinlarda qanot yarim himoyachisi va chap qanot himoyachisi. Agar 5ta o'yinchi sotib olsak bu ajyoib bo'lardi, ammo klubning moliyaviy holatiga real qarash kerak. Biz bir qator transferlarni amalga oshirdik va pulni havoga uchira olmaymiz.

Yangi mavsumning ilk turida Di Kanio shogirdlari "Fulxem"ga o'z maydonida 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru