Paolo Di Kanio: "Kerakli o'yinlarda Lukaku maydonda yo'qolib qoladi"

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022, 11:33
"Milan", "Yuventus" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Paolo Di Kanio hujumchi Romelu Lukakuning "Inter"ga qaytishi haqida gapirdi.

"Ha, Romelu ko'p gol uradi, ammo u doim ham o'zining qudratini namoyish qilib bera olmaydi. Biz bunday o'yinlarini 7 yil oldin APLda ko'rganmiz. Romelu ajoyib futbolchi, biroq uni elit-darajadagi hujumchi demagan bo'lardim.

U o'zi yordam bera oladigan "Inter"ga qaytdi. Lukaku jamoa bilan sovrin yutib bo'lgan. Ajoyib statistikaga ega, ammo kerakli o'yinlarda u maydonda yo'qolib qoladi. Bu mening fikrim emas, bu fakt. U endigina 30ga kirdi, haligacha o'zgarishga vaqti bor", - dedi Di Kanio.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia