PAOK - "Chelsi". Azar, Luis va Kovachich bugungi bahsda ishtirok etishmaydi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018, 15:28
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri PAOKga qarshi Yevropa ligasi birinchi tur uchrashuvidan oldin tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi.

"Azar uchrashuvda qatnashmaydi, chunki xalqaro tanffus va "Kardiff"ga qarshi o'yindan so'ng u biroz charchaganini aytdi. U bazada qoldi va o'sha yerda mashq qiladi. David Luis ham klubda qoldi, chunki u juda futbolsiz 6 oydan so'ng  tig'iz taqvimga to'qnash keldi" - deydi Sarri.

Azar va Luisdan tashqari Mateo Kovachich hamda Emerson ham uchrashuvda ishtirok etmaydi.

PAOK - "Chelsi" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports