“Palmeyras” yarim himoyachisi “Barselona” bilan shartnoma imzoladi

1 fev 2020, 00:05
“Barselona” klubi rasmiy sayti “Palmeyras” yarim himoyachisi Mateus Fernandes bilan shartnoma tuzilganligini ma'lum qildi.

Braziliya va Ispaniya klubilari futbolchining transferi borasida bir qarorga kelishdi. Fernandes 2020 yilning 1 iyulidan klub safiga kelib qo'shiladi.

Futbolchining transfer summasi 7 million evro (3 million evro bonus sifatida qo'shiladi)ni tashkil etiladi. Futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma tuzadi va u 2024/25 yilgi mavsum so'nggia qadar amalda bo'ladi. Futbolchining tovon puli 300 million evroni tashkil etadi, deyilmoqda Kataloniya klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Fernandes “Botafogo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o'tgan yilning yanvarida 4 million evro evaziga “Palmeyras”ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda Mateus jamoasi tarkibida 11 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 21 yoshli yarim himoyachi hisobida bitta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Барселона" расмий сайти