Saidov Bahodir, yoshim 35 da. O'tgan asrning 80-yillarining oxirlaridan beri "Paxtakor"ga muxlislik qilaman.
"Ushbu yangilik yuzasidan kaminaning fikri quyidagicha:
To'g'risini aytsam, men ushbu yangi tizimning mohiyatini haligacha tushunib yetmadim. Sababi bu haqida hech kim hech qayerda to'liq ma'lumot bergani yo'q. O'zim internetdan ma'lumot yig'ishga harakat qildim. Baribir to'liq ma'lumot topa olmadim. Shu narsani anglab etdimki, bu tizim Angliyada ko'proq qo'llanilar ekan. Shuning uchun ham bu tizim bizning futbol uchun qanchalik foydali yoki zararligi haqida aniq bir fikr bildirishga shoshilmayapman. "Paxtakor"ning boshqa muxlislariga ham shoshilmaslikni maslahat bergan bo'lardim.
Lekin bu o'zgarishdan ijobiy natijalar ko'proq bo'lishiga umid qilyapman. Bunga bir necha sabablar bor. Endi natija uchun rasman Samvel Babayan javob beradi. Avvallari ham asosiy ishni Babayan amalga oshirardi. Lekin javobgar shaxslar boshqa edi. Endi esa Babayan o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Yaxshi natijani ko'rsatish uchun Samvel aka avvalambor jamoaning o'zagini saqlab qolishga va boshqa jamoalardan tajribali o'yinchilarni olib kelish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Balki, avvallari Babayan jamoaning moliyaviy tarafiga ko'proq e'tibor bergandir. Endi istasa-istamasa natijalariga ko'proq urg'u qaratadi. Bundan buyon "Paxtakor"ga beetibor bo'lmaganlar bu Babayanning har bir bosgan qadamini poylashadi. Bu holatni uning o'zi ham his qilayotgandir. Aniqki, bu mutaxassisga endi oson bo'lmaydi. Har holda zimmasida katta yuk va mas'uliyat bor.
Umid qilaman, Babayan bu ishning uddasidan chiqadi. Chiqishi ham kerak-da. Har holda bu inson O'zbekistonda futbol menejmentini eng yaxshi yo'lga qo'ygan mutaxassisdir.
To'g'ri, bu yangi tizim aksariyat muxlislarga yoqmayapti. Vaholanki, ularda ham xuddi menga o'xshab aniq ma'lumot yo'q. Bir narsani to'g'ri tushunish kerak, "Paxtakor" bu o'zgarishlarni o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshiryapti. "Bunyodkor", "Lokomotiv" yoki "Nasaf"da bor mablag' hozir "Paxtakor"da yo'q. Paxtakor bu jamoalar bilan moliyaviy tomondan raqobatlasha olmaydi. Bunday holatda faqatgina yangicha uslubiy yondashuv orqali muammoni hal qilish mumkin.
"Paxtakor" muxlislari hozirgi sharoitni tushungan holda, klub olib borayotgan siyosatni qo'llab-quvvatlashlari kerak. Bu mening shaxsiy mulohazam".