Pafundi – oxirgi 100 yilda Italiya TJda debyut qilgan eng yosh futbolchi

Eldor Akmurzayev
17 noya 2022, 08:20
Italiya terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Albaniya ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.

90-daqiqada Marko Verattining o'rniga “Udineze”ning hujumkor yarim himoyachisi Simone Pafundi zaxiradan tushirildi. U terma jamoada 16 yosh-u, 245 kunligida debyut qildi va bu ko'rsatkich bo'yicha 3-o'rinda qayd etildi.

Pafundidan oldinda esa Petro Antonio Gavinelli (16 yosh-u, 98 kunlik, 1911 yil qayd etilgan) va Renco de Vekki (16 yosh-u, 113 kunlik, 1910 yil qayd etilgan) bor.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru