“Paderborn” xavbeki Bundesliga rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2020
“Paderborn” yarim himoyachisi Klaus Gyasula Bundesliga 31-turi doirasida davom etayotgan “Verder”ga qarshi bahsda hakam tomonidan ogohlantirildi.

Bu albaniyalikning joriy mavsumdagi 17-sariq kartochkasi bo'ldi va u bunday natijaga erishgan Germaniya chempionatidagi ilk futbolchiga aylandi. Aytish joizki, Gyasula biror marotaba maydondan chetlatilmadi.

Sariq kartochkalar borasida avvalgi rekord esa 1998/99 yilgi mavsum “Shalke” himoyachisi Tomash Gaytoga (16ta) tegishli bo'lgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta