Pablo Sabaleta: "Negredo "Manchester Siti"da muvaffaqiyatga erishishiga ishonchim komil"

19 iyul 2013, 13:17
"Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaleta jamoaning yangi hujumchisi Alvaro Negredo "shaxarliklar" tarkibida muvaffaqiyatga erishiga ishonchi komil ekanini takidlayapti.

"Men Negredoga qarshi o'ynaganman. U - ajoyib hujumchi. Uning o'yini Edin Jekonikiga o'xshab ketadi. Saviyali futbolchi".

"U raqib jarima maydoni ichida yaxshi o'yin namoyish etish bilan birga, kerak bo'lganda ortga, yordamga qaytadi".

"U Ispaniyada ko'p gollar urardi. "Almeriya" va "Sevilya" takibida o'yini ko'rsata olgan".

"Modomiki u bizning jamoaga o'tgan ekan, murabbyimiz uning bu yerda muvaffaqiyatga erishiga yuz foiz ishonyapti",- dedi Sabaleta.

Manba: sports.ru