PFL Ulug'bek Baqoev va "Qizilqum" shifokorini jazoladi

Eldor Akmurzayev
4 mar 2020, 20:40
Futbol uchrashuvlari vaqtida rasmiy shaxslar tomonidan tartib-intizomga rioya etilishini taminlash maqsadida quyidagi rasmiylar jarimaga tortildi.

Jumladan, Superliganing 1-turi doirasidagi “Qizilqum”-“Nasaf” futbol klublari o'rtasidagi bo'lib o'tgan uchrashuv vaqtida futbol klubi shifokori Olimxon Ne'matov texnik zonada telefondan foydalangani,  bu bilan u Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.13-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan  unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliganing 1-turi doirasidagi “Mashal”-“So'g'diyona” futbol klublari o'rtasidagi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng “So'g'diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etmagani, bu bilan u  Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.17-bandini buzgani uchun Intizom kodeksining 5.34-bandlariga asosan  unga nisbatan ogohlantirish hamda moddiy jarima intizom chorasi qo'llanildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати