“O'zim aytaman, qachon tugatishimni”. Ronaldu yilni eng yaxshi to'purari bo'layotganiga izoh berdi

Khoja
31 dek 2023, 09:46
“Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2023 yildagi ko'rsatkichi haqida gapirdi.

"54 ta gol - o'zim aytaman, qachon tugatishimni. Jamoadoshlarimga rahmat”,-deb yozib qoldirgan Ronaldu.

Ronaldu "Al Taavon"ga qarshi bahsdan so'ng yakuniga etayotgan 2023 yildagi o'zining 54 - golini urishga muvaffaq bo'ldi. Portugaliyalik bu ko'rsatkich bo'yicha Kilian Mbappe (52ta gol) va Xarri Keyndan (52ta gol) uzoqlashib ketdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com