Ozilga Italiya klubi qiziqish bildirmoqda. Ammo bu "Yuventus" emas

Aslanov Jasurbek
24 sen 2017, 13:57
"Arsenal" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil "Inter" qiziqishlari doirasida.

Milan klubi qishda, 29 yoshli xavbekning London klubi bilan shartnomasi tugashiga yarim yil qolganida muzokaralarni boshlamoqchi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter"dagilar portugaliyalik Joau Mariuning o'yinidan mamnun emas va uning o'rniga Mesutni olib kelishmoqchi.

Ozil joriy mavsum optimal formada emas. Futbolchi Premer-liganing 4ta uchrashuvida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfer Market Web