O'zil uchun bosh da'vogar klub nomi ma'lum bo'ldi

Alisher
5 may 2020, 16:36
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

"Arsenal" futbolchisiga "Fenerbaxche" klubi da'vogarlik qilmoqda. Bu haqda O'zilning yaqin do'sti xabar bermoqda.

Uning so'zlariga ko'ra, Mesut Turkiyaga yo'l olish variantini ko'rib chiqmoqda. O'zilning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: thesun.co.uk