

Ozilning vakillari yaqin orada Di Si Yunayted klubi bilan futbolchining transferi borasida kelishib olishadi. 30 yoshli xavbek 2013 yildan buyon to'pchilar sharafini himoya etib kelmoqda.
Mesut o'tgan mavsum APLning 28 o'yinida ishtirok etib, 5+3 natijaga erishdi.
Aytish joizki, Di Si Yunayted safida Ueyn Runi ham harakat qiladi. U mavsum yakunida klubni tark etib, Derbi Kauntida o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.



