Ozil Runining jamoasiga o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
7 avg 2019, 00:45
Arsenal yarim himoyachisi Mesut Ozil faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi SPORTbible.

Ozilning vakillari yaqin orada  Di Si Yunayted klubi bilan futbolchining transferi borasida kelishib olishadi. 30 yoshli xavbek 2013 yildan buyon to'pchilar sharafini himoya etib kelmoqda. 

Mesut o'tgan mavsum APLning 28 o'yinida ishtirok etib, 5+3 natijaga erishdi.

Aytish joizki,  Di Si Yunayted safida Ueyn Runi ham harakat qiladi. U mavsum yakunida klubni tark etib, Derbi Kauntida o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SPORTbible