O'zil qishki transfer oynasida PSJga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019
Qishki transfer oynasida PSJ "Arsenal"ning germaniyalik yarim himoyachisi Mesut O'zilni ijaraga olishga tayyor edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, xavbek faqat to'laqonli transferni istagan. Shu bilan birga uning boshqa klubga o'tishida futbolchining maoshi muammoga aylangan. O'zilning yillik maoshi 20 mln. evrodan ko'proq.

O'zil "Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri bilan kelishmovchilik tufayli, har doim ham maydonga tushmayapti. Shu sababli klub uni sotib yubormoqchi.

30 yoshli O'zil 2013 yil "Real"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Transfer 47 mln. evro evaziga amalga oshgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail