O'zil: "Men "El Klasiko"ning eng yaxshi davrida o'ynaganman"

Mirjalol Normatov
24 mar 2023
"Real"ning sobiq futbolchisi Mesut O'zil o'zi o'ynagan "El Klasiko" davrini yodga oldi.

Yaqindagina faoliyatini yakunlagan futbolchi 2010-2013 yillar davomida "Real" tarkibida o'ynagan.

"Menimcha, "El Klasiko"ning eng yaxshi davrlarida o'ynaganman. O'shanda "Real" ham "Barselona" ham o'zining cho'qqisida edi, hatto YCHL yarim finalida ham o'ynagandik! Ushbu o'yinlarda barcha narsa bo'lardi. Mourinyu Gvardiolaga qarshi, Ronaldu esa Messiga...

Bemalol aytishim mumkin, hozirgi klasikolarda jangovorlik va hissiyotlar yo'qolgan. O'shanda "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba doimo bizga lazzat berardi, chunki o'yinlar doimo qiyin o'tgan. LaLigada 0:5 hisobidagi mag'lubiyatimiz haqiqiy daxshatli tush bo'lgandi.

Ko'plab principial o'yinlarda, derbilarda o'ynaganman, ammo bunday klasiko boshqa bo'lmasa kerak", - dedi O'zil.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia