Ozil beshinchi marta Germaniyada yil futbolchisi deb topildi

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2017, 21:56
Arsenal futbolchisi Mesut Ozil Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

28 yoshli futbolchi so'rovnomada 54,5% ovoz to'pladi va Toni Kroos, Yonas Xektor kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Ozil ushbu sovrinni so'nggi 6 yil ichida 5-marotaba qo'lga kiritdi. Faqatgina 2014 yilda u Toni Kroosga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Dfb.de