

Mamlakatda hozircha tasdiqlangan vakcinasi mavjud bo'lmagan Bundibugyo virusi shtammi tarqalmoqda. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, 250 ga yaqin gumon qilingan holat va 80 ta o'lim qayd etilgan.
JST mazkur epidemiyaning mahalliy va mintaqaviy miqyosda tarqalish xavfi o'ta yuqori ekanligini, kasallik hatto poytaxt Kinshasa hamda qo'shni Uganda chegaralarigacha yetib borganini ma'lum qilgan.
Ushbu xavfli epidemiologik vaziyat futbol jamoatchiligi, xususan, o'zbekistonlik muxlislar e'tiborini ham tortmoqda. Sababi, Kongo DR milliy terma jamoasi JCH–2026 musobaqasining "K" guruhida O'zbekiston, Kolumbiya va Portugaliya bilan bir kvartetdan joy olgan.
Rejaga muvofiq, Afrika qitasi vakillari mundial bahslarida ishtirok etish uchun shu yilning iyun oyi boshida Shimoliy Amerikaga yo'l olishi belgilangan. Guruh bosqichi taqvimiga ko'ra, Kongo DR terma jamoasi so'nggi 3–turda (27 iyun kuni) AQSHning Atlanta shahridagi "Mercedes-Benz" stadionida aynan O'zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Hozircha ushbu sog'liqni saqlash inqirozi terma jamoaning safar rejalariga qanday ta’sir qilishi borasida rasmiy bayonot berilmagan.



