O'zbekistonning bo'lajak raqibi Iordaniya bilan navbatdagi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi

Sherzod Nurmatov
30 avg 2024
Iordaniya O'zbekistonning JCH 3-saralash bosqichidagi raqibi KXDRga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Amman xalqaro stadionida kechgan bahsda iordaniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Ikki kun oldin shimoliy koreyaliklar Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvida qatnashgan va o'shanda 0:0 hisobida durang o'ynagan edi.



Ma'lumot uchun, KXDR O'zbekiston terma jamoasining JCH-2026 3-saralash bosqichi yo'lidagi ilk raqibi sanaladi. Shimoliy koreyaliklarga qarshi bahs 5 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

O'zbekiston MTJ tarkibi e'lon qilindi. Bu safar Yaxshiboev ham chaqirilgan


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia