

Ushbu musobaqa ilk marotaba yangi formatda o'tkaziladi va unda 32 ta jamoa ishtirok etadi.
FIFA klublar o'rtasidagi mundialda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro'yxatda uch o'zbekistonlik referi ismi mavjud. Ilgiz Tantashev bosh hakam, Timur Gaynullin va Andrey Sapenko esa referi assisenti sifatida qayd qilingan.
Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida o'zbekistonlik futbolchi ham qatnashadi. Abduqodir Husanov mundialda "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi.



