O'zbekistonlik hakamlar Vetnam – Indoneziya uchrashuviga tayinlov oldi

Mirjalol Normatov
18 yanv 2024, 15:04
Osiyo Kubogining 2-tur uchrashuvlari start oldi.

Qatar maydonlarida o'tkazilayotgan Osiyo kubogi musobaqasining “D” guruhi 2-turi doirasidagi Vetnam – Indoneziya o'yinida o'zbekistonlik hakamlar Andrey Sapenko (yordamchi hakam) va Timur Gaynullin (yordamchi hakam), shuningdek, Ilgiz Tantashev (yordamchi hakam) sifatida o'yinni boshqarib borishadi. Ushbu uchrashuvni boshqarish 1-turda o'zbekistonlik hakamlar jamoasi safida zaxira hakami sifatida ishlagan tojikistonlik Gulmurodi Sadulloga ishonib topshirildi. VAR hakami Sivakorn Pu-Udom (Tailand) hamda AVAR - Fu Ming (Xitoy). 

E'tiborli jihati, Andrey Sapenko hamda Ilgiz Tantashev Osiyo kubogi 2-turining o'zida 2ta uchrashuv o'tkazishmoqda. Mazkur bahs 19 yanvar kuni soat 19:30da (Toshkent vaqti bilan) Doha shahridagi “Abdullah bin Halifa” stadionida o'tkaziladi.

Osiyo kubogi | “D” guruhi, 2-tur

VETNAM – INDONEZIYA

19.01.2024 | 19:30

Bosh hakam: Gulmurodi Sadullo

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev

VAR hakamlari: Sivakorn Pu-Udom, Fu Ming

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: UzFHM