

Mazkur o'quv-seminarda o'zbekistonlik hakamlardan Nayim Qosimov va uning assistentlari Sanjar Shoyusupov hamda Obid Jumaev, shuningdek, Vladislav Seytlin hakamlar instruktori sifatida qatnashadi.
“Hakamlikni rivojlantirish dasturi” doirasidagi o'quv-seminarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad – kelajakda FIFA referisi sifatida yetishib chiqishga salohiyati bo'lgan hakamlarning futbol haqida umumiy bilimi, hakamlik mahorati hamda kompyuter savodxonligini oshirishdan iborat.
Mazkur o'quv-seminar yakunida qatnashchilar Intermittent Recovery Test Level 1 testini ishlaydi hamda ingliz tilidagi futbol qonun-qoidalari haqidagi savollarga javob berishadi. Olingan bilim va ko'nikmalarni amalda sinash uchun hakamlar brigadasi Fransiya yoki Shveytsariya futbol ligasidagi rasmiy uchrashuvlardan birida ishlaydi.



