O'zbekistonlik hakamlar OFK seminariga taklif qilindi

Narzulla Saydullayev
3 may 2016, 10:30
Shu yilning 12 – 16 iyun kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichida ishlaydigan hakamlar uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi seminari bo'lib o'tadi.

Ushbu seminarga o'zbekistonlik uch nafar hakam – Ravshan Ermatov, Valentin Kovalenko hamda Ilgiz Tantashav taklif qilingan. Ular seminarlarda ishtirok etgach, saralashning so'nggi bosqichi o'yinlarida ish olib borish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Takidlash kerakki, O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining so'nggi bosqichiga yo'l olgan va qur'a natijalariga ko'ra Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy hamda Suriya bilan bir guruhga joylashdi.

Ushbu bosqichdagi dastblabki uchrashuvni O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni Toshkentda Suriyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com