

O'zbekistonlik bir qator arbitrlar mazkur bahslarda hakamlik qilish uchun OFK tomonidan chaqiruv oldi.
FIFA hakami Ilgiz Tantashev Bahraynda bo'lib o'tadigan S guruhi uchrashuvlarida faoliyat olib boradi va unga yon qanotda Andrey Sapenko ko'maklashib boradi.
O'zbekistonlik FIFA yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov Qatarda o'tishi rejalashtirilgan E guruhi o'yinlarida faoliyat olib boradi. Shuningdek, BAA mezbonlik qiladigan G guruhi bahslarida FIFA nazoratchisi Vladislav Seytlin ishlaydi.



