Birinchi liga, 1-tur. Eng yuqori ballni Viktor Serazetdinov oldi

Narzulla Saydullayev
19 avg 2014, 13:14
Birinchi ligadagi hakamlikni ham e'tiborsiz qoldirmagan holda, unda ishlayotgan referilarning ham olgan ballariga nazar tashlab o'tishni lozim topdik.
Shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tgan birinchi liganing ikkinchi bosqich, 1-tur o'yinlarida jami 8 nafar bosh hakam ishladi.

Ularning orasida eng yuqori ball olgan referi Viktor Serazetdinov bo'ldi. Toshkentlik hakam poytaxtda kechgan “Istiqlol” – “Sho'rtan” bahsini boshqarib bordi. Uchrashuv davomida Serazetdinov mezbonlar darvozasiga bitta penalti belgilab, “Istiqlol”ning ikki o'yinchisini sariq kartochka bilan siyladi. Yakunda “Sho'rtan” 3:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin nazoratchisi Oleg Dachev bosh hakamning hatti-xarakatlarini 8,4 ballga munosib deb bildi.

Aksincha bu borada nisbatan past natija ko'rsatgan hakam Elyor Tursunov bo'ldi. Buxorolik hakamning chekiga “NBU-Osiyo” – “G'allakor-Avtomobilchi” bahsini boshqarib borish tushgandi. Toshkentda o'tgan o'yinda Tursunov jami 7 nafar o'yinchini sariq kartochka bilan jazoladi. Uning maydondagini ishini nazoratchi hakam Rahmatullo Qoratoev 7,7 ballga loyiq deb topdi.   
   
Istiqlol (Toshkent) – Sho'rtan (G'uzor) – 0:3. 58 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Serazetdinov (Toshkent) – 8,4, D. Akmalov (Toshkent) – 8,0, D. Muxtorov (Toshkent) – 8,2, A. Shukurullaev – 8.
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).

Paxtakor-2 (Toshkent) – Mashal-2 (Muborak) – 0:0. 48 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Mo'minov (Toshkent viloyati) – 8,0, I. Abdulakov (Toshkent viloyati) – 8,4, I. Zoitov (Toshkent viloyati) - 8,8, T. Galeev - 9
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

Uz-Dong-Ju (Andijon) – Sherdor (Samarqand) – 4:0. 157 tomoshabin.
Hakamlar
: V. Najafaliev (Toshkent) – 8,2, R. Nugmanov (Toshkent) – 8,4, B. Bahromov (Toshkent) – 8,4, A. Rahimov - 8
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).

Xotira-79 (Uychi) – Alanga (Koson) – 0:1. 2517 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona) – 7,8, A. O'rinov (Farg'ona) – 8,0, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,3, R. G'opurov - 8
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

Obod (Toshkent) – Xorazm (Urganch) – 3:0. 153 tomoshabin.
Hakamlar
: I. Garmashov (Toshkent) – 8,2, D. Saylalov (Toshkent) – 8,2, F. Yuldshev (Toshkent) – 8,2, A. Najafaliev - 9
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Orol (Nukus) – 1:0. 5123 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Ergashev (Toshkent) – 8,3, S. Eremeev (Toshkent) – 8,5, R. Lutfulin (Toshkent) – 8,7, N. Toshmatov - 9
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).

Oqtepa (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 4:3. 105 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Rubakov (Toshkent) – 8,0, S. Hakimov (Samarqand) – 8,0, SH. Qamarov (Samarqand) – 8,2, O. Abduvasilov - 9
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).

NBU-Osiyo (Toshkent) – G'allakor-Avtomobilchi (G'allaorol) – 3:2. 121 tomoshabin.
Hakamlar
: E. Tursunov (Buxoro) – 7,7, A. Sidorov (Toshkent) – 8,0, A. Najafaliev (Toshkent) – 8,0, D. Saylalov - 9
Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent viloyati).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia